Аннотация
Ushbu maqolada uy-joy siyosati, uy-joy kommunal xo‘jaliklarining faoliyati, xizmatlar turlari, kommunal xo‘jaliklarning samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar hamda ularning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi fikrlar bayon etilgan. Maqolada ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanilgan. Ushbu tadqiqot ma’lumotlari rasmiy manbalardan olinib, taniqli iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlant irishda innovatsiyalarning roli bо‘yicha ilmiy-nazariy qarashlarini qiyosiy tahlil qilish, xorij tajribalarini umumlashtirish va mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar bo‘yicha olingan natijalarga tayangan holda uy-joy masalalarini hal etishga erishildi.