Abstract
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish jarayonidagi afzalliklari, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari bayon etilgan.. O‘zbekistonda dastlab moliyaviy masalalarda, ya’ni banklarda plastik kartalar yoki pul ko‘chirish ishlari joriy etilgan bo‘lsa, hozirgi sharoitda elektron savdo, elektron tijorat, tovar oboroti, import va eksport masalalarida, barcha turdagi xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanilmoqda. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning keng joriy etilishi taraqqiyotning rivojlanish garovi sifatida tan olinmoqda. Shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi ham amalga oshirilmoqda.