Abstract
Mazkur ilmiy maqola iqtisodiy tarmoqlarda sunʼiy intellekt (SI)ning joriy etilishining global taʼsirlarini tahlil qilishga bagʼishlangan. Maqolada SIning turli tarmoqlardagi ijobiy va salbiy oqibatlari, xususan, ishlab chiqarish, savdo va moliya sohasidagi oʼzgarishlar koʼrib chiqiladi. Ijobiy oqibatlarga SIning samaradorlikni oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi ish oʼrinlari yaratish, buxgalteriya tizimini rivojlantirish kabi imkoniyatlar kiradi. Shuningdek, maqolada SIning iqtisodiyotga salbiy taʼsirlari ham tahlil qilinadi. Bular: ish oʼrinlarining qisqarishi, iqtisodiy tengsizlikni kuchaytirish, kiberxavfsizlikka tahdid, maʼlumotlarni tahlil qilishda notoʼgʼrilik va eʼtiborsizlik xavfi kabilarni oʼz ichiga oladi.