Abstract
Ushbu maqolada raqamli moliyaviy aktivlar mohiyati, O‘zbekistonda raqamli aktivlarning bugungi kunda rivojlanishi, ular orqali investitsiyalarni samarali amalga oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tahlil natijalari asosida hozirgi kunda raqamli aktivlar ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish, xususiy sektorni rivojlantirish va xalqaro moliya bozorlariga integratsiyalashayotgan davlat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdagi ahamiyati hamda ularni tartibga solish usullari bayon etilgan.